Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi o’rinbosari T.Nazarov, Kotibiyat mudiri D.Raxmatullayev, deputat Mirzayeva.N, hamda Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat J.Kadirovlar hamkorlikda PQ-4363-son qarorining Olmazor tumanidagi ijrosi hamda aholi bandligini ta’minlash bo’yicha yaratilgan bo’sh ish o’rinlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish va takliflar ishlab chiqish maqsadida “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ mas’ul vakillari va tadbirkorlar bilan suhbatlashib dastlabki o’rganish ishlari amalga oshirildi hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama etildi va bu borada tavsiyalar berildi. Uchrashuv so’ngida galdagi aniq vazifalar belgilab olindi